O‘zA O`zbek

18.08.2018 12:20 Chop etish versiyasi

Davlat rahbarlari Afrosiyob va Mirzo Ulug‘bek muzeyida bo‘ldi

Davlat rahbarlari Afrosiyob va Mirzo Ulug‘bek muzeyida bo‘ldi

Afrosiyob – Samarqand shahar tarixi muzeyi 1970 yilda tashkil etilgan. Muzey qadimiy Afrosiyob shaharchasida – Samarqandning qadimiy, mo‘g‘ullar istilosigacha bo‘lgan qismida joylashgani uchun ham shunday nomlangan.

photo5458792275623651652.jpg

Bu yerda asosan, Afrosiyob tepaliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan noyob tarixiy ashyolar saqlanadi. Ular Samarqandning qariyb uch ming yillik tarixidan hikoya qiladi.

photo5458792275623651653.jpg

Ikki davlat rahbarlari muzey eksponatlari bilan tanishdi. Oliy martabali mehmonga tarixiy davrlarga monand yaratilgan muzey zallari va eksponatlarning tarixi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Muzeyda namoyish etilayotgan qadimiy ashyolar Samarqandning yuqori darajadagi madaniy, siyosiy, diniy va ishlab chiqarishdagi hayotini yaqqol yoritadi. Muzeyda Samarqandning moddiy madaniyatini yorituvchi sopol, shisha, tosh, metall va naqshlardan iborat boy to‘plamlar saqlanadi. Bular qariyb 20 mingdan ortiq osori-atiqalarni tashkil qiladi. Bu eksponatlarning asosiy qismi muzeyning 11 zalidan iborat ekspozitsiyalarida namoyish etilmoqda.

Prezident Emomali Rahmon mazkur muzey Samarqandning tarixi va o‘tmishi haqida yorqin tasavvur uyg‘otuvchi maskan ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, oliy martabali mehmon Mirzo Ulug‘bek muzeyi va rasadxonasida ham bo‘lib, buyuk ajdodimizning ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdi.

U.Asrorov, G‘.Hasanov, O‘zA
2 684