O‘zA O`zbek

31.08.2018 15:01 Chop etish versiyasi

Davlat mukofotlari topshirildi

Davlat mukofotlari topshirildi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 28 va 29-avgust kunlari qabul qilingan farmonlariga koʻra, Vatanimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi. Ular qatorida Samarqand viloyatidan ham turli soha xodimlari, faxriylar bor.

Eng ulugʻ, eng aziz bayram shukuhi hukm surayotgan shu kunlarda Samarqand viloyati hokimligida ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov marosim qatnashchilarini tabriklab, Vatan ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlida qilingan mehnat hech qachoneʼtibordanchetda qolmasligi, munosib ragʻbat topishi, ehtirom koʻrsatilishinitaʼkidladi.

– Viloyatimizda ham jamiyat hayotining turli sohalarida faol mehnat qilib, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shahar va qishloqlarimizning yanada obod boʻlishi, xalqimiz farovonligi oshishiga katta hissa qoʻshayotgan insonlar koʻp, – dedi E.Turdimov. – Ularning fidokorona mehnati doimo eʼzozlanib, qadr topmoqda. Bu yil Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimiz farmonlariga koʻra 14 nafar ana shunday fidoyi yurtdoshimiz davlat mukofotlariga sazovor boʻldi. Ularni butun viloyatimiz ahli nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Marosimda yuksak davlat mukofotlarini Prezidentimiz nomidan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimovtantanali topshirdi.

– Yurtimizda yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikni soʻz bilan ifodalash qiyin, – deydi Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, “Nuroniy” jamgʻarmasi Nurobod tumani kengashi aʼzosi Eshturdi Rahimov. – Prezidentimiz har birchiqishlarida yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, kelajagi haqidakuyunchaklik bilan gapirib, barchani ushbu masalaga alohidaeʼtiborqaratishgaundamoqda. Ushbu yuksak mukofotni ham samarqandlik barcha nuroniylarga berilgan deb qabul qilib, bundan buyon ham butun kuch-gʻayratimizni yoshlarning chinakam murabbiyi sifatida oʻz hayot tajribamiz bilan ularni toʻgʻri yoʻlga boshlashga sarflaymiz.

Prezidentimiz farmoniga koʻra, “Jasorat” medali bilan taqdirlangan nurobodlik hunarmand-tikuvchi Zilola Xudoyorova hamda “Shuhrat” medaliga sazovor boʻlgan yuz yoshdan oshgan ishtixonlikAbuvMuhammadiyevga davlat mukofotlari ularning xonadonida topshirildi.

Gʻ.Hasanov, OʻzA
2 317