O‘zA O`zbek

17.08.2019 Chop etish versiyasi

Davlat bojxona qoʻmitasida hashar koʻtarinki ruhda oʻtmoqda

Davlat bojxona qoʻmitasida hashar koʻtarinki ruhda oʻtmoqda

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlangan umumxalq xayriya hasharida respublikamiz bojxonachilari ham faol ishtirok etib, bojxona boshqarmalari, chegara-bojxona postlari va boshqa tarkibiy tuzilmalarda keng koʻlamdagi obodonlashtirish-tozalash ishlarini amalga oshirmoqda.

Davlat bojxona qoʻmitasida oʻtkazilgan hasharda shaxsiy tarkib va erkin yollangan xodimlar oʻzlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Hududlar supurildi, chiqindilardan tozalandi, daraxtlar oqlandi.

Hasharda ishtirok etayotgan xodimlarni kuzatar ekanmiz, ularning chehralarida mamnunlik qiyofasini koʻrdik. Bu ham boʻlsa, shu yurt obodligi uchun oz boʻlsa-da oʻz hissasini qoʻsha olish baxtidan dalolatdir.

Bir soʻz bilan aytganda bugungi hasharda ham azaldan xalqimizga xos orastalik va ozodalik yana bir karra namoyon boʻldi. Bu tadbir bojxonachilar orasida milliy qadriyatlarimizga xos boʻlgan oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, begʻaraz yordam, mehr-muruvvat koʻrsatish kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirishga xizmat qildi deyish mumkin.

Muxtasar aytganda, hashar respublikamiz bojxonachilarining Vatan ravnaqi uchun fidoyi boʻlish, uni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini koʻtarish, milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash va eng ulugʻ, eng aziz bayramimizni munosib kutib olishga xizmat qiladi.

720
OʻzA