O‘zA O`zbek

11.01.2019 16:42 Chop etish versiyasi

Davlat bojxona qoʻmitasi chegara bojxona postlari hududlariga tutash joylarda zamonaviy bojxona terminallarini qurish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi

Davlat bojxona qoʻmitasi chegara bojxona postlari hududlariga tutash joylarda zamonaviy bojxona terminallarini qurish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi

Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, “Yallama”va “S.Najimov” (Toshkent viloyati), “Doʻstlik” (Andijon viloyati), “Olot” (Buxoro viloyati), “Daut-ota” (Qoraqalpogʻiston Respublikasi), “Madaniyat” (Andijon viloyati), “Oʻzbekiston” (Fargʻona viloyati),“Gʻishtkoʻprik”va “Oybek” (Toshkent viloyati) bojxona postlari hududlariga tutash joylarda zamonaviy bojxona terminallarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida qurish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Tijorat takliflari 2019 yil 21 yanvar kuni soat 12-00ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov boʻyicha taklif berish vaqtida tanlov qatnashchisi uchun zakalat summasi 5 mlrd. soʻmni tashkil etadi.

Tanlovga tijorat taklifining kelib tushish muddati Davlat bojxona qoʻmitasida roʻyxatga olingan kuni hisoblanadi.

Tijorat taklifi zamonaviy bojxona terminalini qurish boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan texnik topshiriq asosida taqdim etilishi lozim.

Bojxona terminallarini qurish boʻyicha tanlovda qatnashadigan investor va uning kafillangan shaxslari bilan birga quyidagi asosiy shartlar (dastlabki malaka tanlovi) asosida tanlanadi:

bojxona terminallarini qurish 100 % investor hisobidan amalga oshirilishi;

takliflarni koʻrib chiqishda ushbu yoʻnalishdagi amaliy tajribasi, yaʼni kamida 2 ta bojxona terminali va bojxona omborlarini qurganligi, 
shu jumladan xorijiy davlatlarda;

soʻnggi ikki yillikdagi moliyaviy ahvoli, xalqaro nufuzi, menejment standartlariga javob berishi kabi koʻrsatkichlariga alohida eʼtibor qaratilishi;

ustav fondi 80 mlrd. soʻmdan kam boʻlmasligi (ekvivalent);

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoni bilan tasdiqlangan tarmoq jadvaliga muvofiq, dastlabki bosqichda, 2019-2020 yillarda “Yallama” va “S.Najimov” (Toshkent viloyati), “Doʻstlik” (Andijon viloyati), “Olot” (Buxoro viloyati) chegara bojxona postlariga tutash joylarda barpo etiladigan bojxona terminallari qurilishini amalga oshirilishi kafolatlanishi, shuningdek 2020-2021 yillarda qolgan 5 ta bojxona terminallarini qurish imkoniyati boʻlishi lozim;

bojxona terminallarida faoliyat olib boruvchi davlat organlariga bino, inshoot va boshqa turdagi vositalar bepul asoslarda taqdim etilishi;

Oʻzbekiston Respublikasida bojxona ombori faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaga ega boʻlishi;

logistika terminallari va bojxona omborlarini boshqarishda kamida 5 yillik tajribaga ega boʻlishi.

Bojxona terminalini qurish boʻyicha eng yaxshi takliflar Davlat bojxona qoʻmitasining tanlov shartlariga mosligini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatlar asosida tanlash yoʻli bilan aniqlanadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun +99878 120-76-00 (ichki raqam 57-09 
va 53-17) telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Hujjatlar quyidagi manzilda qabul qilinadi: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi 3 uy, indeks 100003.

OʻzA
1 369