Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.01.2018 13:15 Chop etish versiyasi

Davlat dasturi jamoatchilik muhokamasida

Toshkentdagi Inha universitetida Prezidentimizning 2017 yil 28 dekabrdagi “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi farmoyishi ijrosi doirasida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasining ijtimoiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillari, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi.

Unda davlat dasturi qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va liberallashtirishga xizmat qiladigan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi ta’kidlandi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar davlat dasturining asosiy bandlarini muhokama qildi, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga doir takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, ta’lim sohasi hamda iqtisodiyotning turli sohalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
1 476