Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.08.2018 19:25 Chop etish versiyasi

Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamaqilindi

Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamaqilindi
Termizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Q.Quronboyev rahbarligidayig‘ilish o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati va tuman-shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar prokurorlari, Yoshlar ittifoqi viloyat, tuman va shahar kengashi raislari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va tuman, shahar bo‘limlari boshliqlarining yoshlar masalalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlari raislarining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Viloyat prokurori O‘.Saidov, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari R.Choriyev va boshqalar mamlakatimizda ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom avlodni kamolga yetkazish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanini alohida ta’kidladi.

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi bu boradagi ishlarni tubdan yangi bosqichga ko‘tardi.

Mazkur hujjatga muvofiq, viloyatdagi 717 mahallaga biriktirilgan uyma-uy yuruvchi ishchi guruhlar hududlarda yoshlarning ijtimoiy ahvoli va muammolarini atroflicha o‘rganmoqda. Ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradigan maxsus shtabda kunlik ma’lumotlar umumlashtirilib, aniqlangan masalalar yechimini topish yo‘llari izlanayotir. Tadbirkorlik, fermerlik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarning istiqbolli loyihalari qo‘llab-quvvatlanib, biznes-reja tayyorlashiga ko‘maklashilmoqda. Yer maydoni va kredit mablag‘lariga ehtiyoji o‘rganilayotir. Bo‘sh turgan binolarni berish choralari ko‘rilmoqda.

Yig‘ilishda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilib, Boysun, Sho‘rchi, Denov, Qiziriq, Sherobod, Qumqo‘rg‘on tumanlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Hududlardagi ishchi guruhlar va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradigan maxsus shtablarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilargatopshiriqlar berildi. Yoshlarning taklif va g‘oyalari asosida har bir mahalla, tuman va shaharning “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, bo‘sh turgan binolarni ajratish, imtiyozli kredit mablag‘i bilan ta’minlash, “Har bir fermerga bir yosh” loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhim vazifalar yuklandi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
2 545