Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

31.08.2018 11:15 Chop etish versiyasi

Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovi miqdori qancha?

Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovi miqdori qancha?
Davlat umumtaʼlim maktablarida darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovi miqdori respublika boʻyicha yagona narxlarda belgilangan. 

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali darsliklar narxlarining 2018/2019 oʻquv yili uchun belgilangan narxlarini yana bir karra eslatadi:

  • umumtaʼlim maktablarining birinchi sinf oʻquvchilarini uchun – bepul;
  • 2-sinflari uchun 12 ta darslikdan iborat toʻplamning ijara narxi 26 900 soʻmni;
  • 3-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat toʻplamning ijara narxi 13 200 soʻmni;
  • 4-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat toʻplamning ijara narxi 15 300 soʻmni;
  • 5-sinflar uchun 13 ta darslikdan iborat toʻplamning ijara narxi 7 400 soʻmni;
  • 6-sinflar uchun 15 ta darslikdan iborat toʻplamning ijara narxi 14 600 soʻmni;
  • 7-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat toʻplamning ijara narxi 13 700 soʻmni;
  • 8-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat toʻplamning ijara narxi 8 900 soʻmni;
  • 9-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat toʻplamning ijara narxi 9 400 soʻmni;
  • 10-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat toʻplamning ijara narxi 22 800 soʻmni;
  • 11-sinflar uchun 19 ta darslikdan iborat toʻplamning ijara narxi 41 800 soʻmni tashkil qiladi.

OʻzA
4 156