O‘zA O`zbek

20.05.2019 Chop etish versiyasi

Daraxt kesganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Daraxt kesganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qarshi shahrida fuqarolar yo‘l yoqasidagi 20 dona qarag‘ay, 1 dona shumtol daraxtlarini kesib, jami 113,9 mln. so‘mlik zarar yetkazgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.B. va boshqalar Qarshi shahar “Nasaf” ko‘chasi yo‘l yoqasidagi 20 dona qarag‘ay, 1 dona shumtol daraxtlarini kesib, nobud qilganliklari natijasida tabiat va o‘simlik dunyosiga jami 113,9 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

1 051
O‘zA