O‘zA O`zbek

17.08.2019 Chop etish versiyasi

“Dance Music Fest 2019” zamonaviy musiqa hamohangligida

“Dance Music Fest 2019” zamonaviy musiqa hamohangligida

Poytaxtimizdagi “Ashxobod“ madaniyat va istirohat bogʻida xalqaro “Dance Music Fest 2019“ festivali boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Art uz Promotion agentligi hamkorligida tashkil etilgan festivalda chet ellik xonanda, bastakor va prodyuserlar, talaba-yoshlar, sayyohlar, madaniyat targʻibotchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

“Dance Music Fest 2019“ yoshlar auditoriyasiga moʻljallangan oʻziga xos xalqaro elektron musiqa festivali hisoblanadi. 2017-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinayotgan ushbu festival nafaqat Oʻzbekiston aholisi, balki yaqin va uzoq xorijiy davlatlar orasida ham katta shuhrat qozonmoqda. Bu yil festival tashkilotchilari yanada qiziq va ommabop tadbirlar oʻtkazishni rejalashtirgan. Bu yilgi festivalga dunyoning koʻplab mashhur sanʼatkorlari jalb etilgan.

Festivalni oʻtkazishdan maqsad mamlakatimizda musiqa va yoshlar turizmini rivojlantirish, chet elda yurtimiz sayyohlik salohiyatini targʻib qilish, aholining madaniy hordiq chiqarishini taʼminlash, poytaxt aholisi va mehmonlari eʼtiborini zamonaviy musiqa madaniyatiga jalb qilishdan iboratdir.

Festival 18-avgustga qadar davom etadi.

1 870
Gulnoza BOBOYEVA, Yoqub MELIBOYEV (surat) OʻzA