O‘zA O`zbek

27.08.2018 20:18 Chop etish versiyasi

“Cobalt” avtomashinasining puli olib berildi

“Cobalt” avtomashinasining puli olib berildi
Oʻzbekiston isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatilari Federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi “Ishonch telefoni”ga Shofirkon tumani “Joyrobod” mahalla fuqarolar yigʻini Joyrabod koʻchasi 540 uyda yashovchi fuqaro Tillayeva Nasiba Buxoro shahridagi “Umid Savdo Fayz Invest” MCHJga qarashli “Umid lizing” korxonasidan norozi boʻlib bergan ogʻzaki murojaati “Isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati toʻgʻrisida”gi qonun talablari doirasida oʻrganildi.

Murojaat Buxoro shahar isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilganda: Isteʻmolchi bilan 2018 yil 3 fevral kuni shartnoma tuzilgan boʻlib 38734000 soʻm toʻlovni amalga oshirgan. Ushbu shartnomada koʻrsatilgan muddatdan 120 kun oʻtib ketgan boʻlsa-da fuqaro mashinasini ololmagani aniqlandi.

Arizani oʻrganish jarayonida isteʻmolchining “Umid Savdo Fayz Invest” MCHJga qarashli “Umid lizing” korxonasidan 38734000 soʻm puli olib berildi hamda isteʻmolchining muammosi ijobiy hal etildi. “Umid Savdo Fayz Invest” MCHJga qarashli “Umid lizing” korxonasi rahbariyati va xodimlari yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va bundan keyin bunday holatlarni qaytarmasligi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Azizbek Boboyev,
Buxoro shahar IHHQ jamiyati
Axborot va matbuot mutaxassisi

2 129