O‘zA O`zbek

18.05.2018 12:31 Chop etish versiyasi

“Chorvoq” erkin turistik zonasi tashkil etildi

“Chorvoq” erkin turistik zonasi tashkil etildi
“Chorvoq” erkin turistik zonasi chegaralari, erkin turistik zonani yanada rivojlantirish konsepsiyasi, Ustavi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” tashkil etildi.

02.jpg

“Chorvoq” erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilingani haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

03.jpg

Qaror bilan “Chorvoq” erkin turistik zonasi chegaralari (94 805,32 gektar), erkin turistik zonani yanada rivojlantirish konsepsiyasi, Ustavi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” tashkil etildi.

04.jpg

Eslatib o‘tamiz, “Chorvoq” erkin turistik zonasi Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali aholining dam olishi va turizmi uchun sharoitlarni yaxshilash, turizm xizmatlari sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligi hamda farovonligini oshirish maqsadida 2017-yil 5-dekabrdagi Prezident Farmoniga asosan tashkil etilgan.

O‘zA
7 757