O‘zA O`zbek

15.07.2019 16:17 Chop etish versiyasi

Chorshanba kuni Oy tutilishi sodir boʻladi

Chorshanba kuni Oy tutilishi sodir boʻladi

Oyning qisman tutilishi 16-iyuldan 17-iyulga oʻtar kechasi sodir boʻladi. Bu haqda OʻzFA matbuot xizmati xabar berdi.

Bu tutilish dunyo vaqti bilan soat 21:31 da boshlanadi. Mamlakatimizda bu hodisaning yuz berishi 17-iyul tungi 02:31 da yuz beradi. 

Mazkur tutilishni mamlakatimizning barcha hududlarida kuzatish mumkin. Oy mahalliy vaqt bilan 16-iyul kuni soat 23:42 da yarim soyaga kirishni boshlaydi, 17-iyul tungi 01:00 da soyaga kiradi. 

Soyadan soat 04:00 chiqadi, yarim soyadan esa soat 05:19 da chiqib ketadi, yaʼni tutilish tugaydi. 

photo5289888937202002861.jpg

Quyosh soat 05:04 da chiqadi. Uning maksimal fazasi 0,66 ga yetadi. Yerning tabiiy yoʻldoshi tutilish paytida yer soyasining janubiy qismidan oʻtadi. Oyda bu vaqtda qisman va toʻla quyosh tutilishi kuzatiladi. 

Shuningdek, tutilish Janubiy Amerika, Yevropa, Afrika, Osiyo, Avstraliya va Rossiya (Chukotka, Kamchatka va Uzoq Sharq sohillaridan tashqari) hududlarida ham kuzatiladi.

Quyosh tutilishidan farqli ravishda Oy tutilish davomida koʻrinib turadi. Oy tutilishning katta fazasida qizil yorugʻlik sochadi va umuman yoʻqolib ketmaydi. Tutilishni oddiy koʻz bilan ham kuzatish mumkin.

Odatda qisman oy tutilishi vaqtida bu hodisani oddiy koʻzda ilgʻash qiyin.

Shuning uchun sizda durbin yoki koʻrish trubasi boʻlishi maqsadga muvofiq, Oy yuzi yaxshiroq koʻrinadi va sizga ushbu astronomik hodisadan zavq olishingizga yordam beradi.

OʻzA
3 928