O‘zA O`zbek

30.08.2018 12:49 Chop etish versiyasi

Choʻlpon hayotidan soʻzlovchi asar

Choʻlpon hayotidan soʻzlovchi asar

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida yozuvchi Nabi Jaloliddinning ulugʻ maʼrifatparvar adib Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon hayoti haqida hikoya qiluvchi “Tegirmon” romanining taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbirda istiqlol yillarida milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizni xolis va haqqoniy oʻrganish, ulugʻ ajdodlarimiz xotirasini eʼzozlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Mazkur asarning kitobxonlarga taqdim etilishi milliy ozodlik yoʻlida kurashgan va bu yoʻlda qurbon boʻlgan maʼrifatparvar bobolarimizning boy maʼnaviy merosini targʻib qilish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilayotganining dalilidir. Poytaxtimizda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui, “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi barpo etilgani ular qalbimiz va xotiramizda mangu yashashini anglatadi.

Nabi Jaloliddinning ushbu romani mustabid tuzum maʼrifatparvar shoir boshiga solgan qora kunlar, doimiy taʼqib, tazyiq, razilliklar, ayanchli qismatlar, adolatsizlik haqida soʻzlaydi.

Mazkur asar Choʻlponning mashaqqatli hayot yoʻli va oʻsha davr tarixini oʻrganish yoʻlidagi salmoqli qadamlardan biridir.

B.Meliqulova, OʻzA
1 534