O‘zA O`zbek

11.08.2020 Chop etish versiyasi

Chiqindilarni boshqarish tizimi qayta koʻrib chiqiladi

Chiqindilarni boshqarish tizimi qayta koʻrib chiqiladi

Joriy yilning 10-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida energetika, transport, kommunal xoʻjalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar va ularning ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Shuhrat Vafoyev quyidagilarni maʼlum qildi.

"Yigʻilishda Prezidentimiz chiqindilarni boshqarish tizimining hozirgi kundagi sharoitini yana-da rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqib bir qator topshiriqlar berdilar.

Birinchidan, xalqimizning chiqindi yigʻish xizmatlari bilan taʼminlashni yuz foizga yetkazish;

ikkinchidan, bu sohaga xususiy va xorijiy investorlarni jalb qilib, xususiylashtirish jarayonlarini kuchaytirish;

uchinchidan, Investitsiya va boshqa vazirliklarni, ayniqsa, joylardagi investitsiya boʻyicha hokim oʻrinbosarlariga bu masalarni yechishda aniq topshiriqlarni berdilar.

Yigʻilish doirasida 2019-yilda qabul qilingan mazkur sohadagi strategiyani amalga oshirish koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, xalqaro moliya institutlari bilan amalga oshirilgan loyihalarning holati koʻrib chiqildi. Rahbarimiz tomonidan tanqidiy fikrlar bildirildi. Tegishli topshiriqlar berilib, loyihalarning jadallashtirish boʻyicha topshiriq berildi."

1 454
O'zA