Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.01.2018 12:58 Chop etish versiyasi

Chilonzorda 50 ming so‘m uchun bosqinchilik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Chilonzorda 50 ming so‘m uchun bosqinchilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy veb-saytida xabar qilinishicha, 2018 yilning 4 yanvar kuni taxminan soat 15:00 larda Ziyatov Sherzod Maxmadustovich bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida (Chilonzor tumani hududida joylashgan uylarning oralig‘ida) fuqaro Rahimjonov Umarbek Razzoqovichga nisbatan pichoq ishlatish va tan jarohati yetkazish bilan qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan 50 ming so‘m miqdoridagi pullarini egallab olib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sh.M.Ziyatov ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik, ya’ni qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan narsalarni ishlatib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismning har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Diqqat !!!
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa,
«102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.

O'zA
9 560