O‘zA O`zbek

06.08.2018 10:38 Chop etish versiyasi

Chilida yelim xaltalardan foydalanish taqiqlamoqda

Chilida yelim xaltalardan foydalanish taqiqlamoqda

Chili hukumati xaridda yelim xaltalardan foydalanishni taqiqlaydi.

Mamlakat Janubiy Amerika davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib, savdo-sotiq munosabatida yelim xaltalardan foydalanmaslikni qonuniy tarzda taqiqladi.

Yangi qonun loyihasi Kongress tomonidan ishlab chiqilib, mamlakat rahbari Sebastian Penera tomonidan tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, plastik xaltachalardan foydalanish kichik xaridlar uchun 2 yilga, katta xaridlar uchun esa 6 oy muddatga taqiqlandi. Qonunni buzgan fuqarolarga solinadigan jarima qiymati esa 370 $ miqdorda belgilandi.

“Yangi o‘rnatilgan qonun Chili davlatining atrof-muhitni toza saqlashida qo‘yilgan yangi qadamdir”, deydi mamlakat rahbari o‘z chiqishlarida.

Zuhra Mirzaboyeva, O‘zA
2 138