10.09.2018 15:38 Chop etish versiyasi

“Chevrolet Captiva” endi ishlab chiqarilmaydi

“Chevrolet Captiva” endi ishlab chiqarilmaydi

“GM UZBEKISTAN” AJ ning maʼlum qilishicha, “General Motors” kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, “Chevrolet Captiva” avtomobilini “GM Uzbekistan” ishlab chiqarish quvvatlarida yigʻish yakunlanadi.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalarga arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish bugundan toʻxtatiladi.

Shuningdek, “GM Uzbekistan” AJ dillerlik korxonalari bilan birgalikda “Chevrolet Captiva” rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun isteʼmolchilar oldida oʻzining majburiyatlarini yil ohirigacha toʻliq yetkazib berilishini taʼminlaydi.

Taʼkidlash joizki, “Chevrolet Captiva” avtomobili mamlakatimiz bozoriga kirib kelganiga roppa-rosa 11 yil toʻldi. Ilk bor Captiva avtomobilini Oʻzbekistonda yirik tarmoqli yigʻish 2007-yilning oktyabr oyidan boshlangan. 2011-yilning sentyabr va 2017-yilning fevral oylarida avtomobilning yangilangan modeli chiqarilgan.

OʻzA
1 592