O‘zA O`zbek

25.08.2018 13:37 Chop etish versiyasi

“Buzruk”, “rost”, “navo”, “dugoh”, “segoh”, “iroq” maqom namunalaridan kompazitsiyalar namoyish etiladi

“Buzruk”, “rost”, “navo”, “dugoh”, “segoh”, “iroq” maqom namunalaridan kompazitsiyalar namoyish etiladi

Xalqaro maqom sanʼati forumini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Shahrisabz shahrida maxsus amfiteatr barpo etilmoqda. 

Oqsaroy atrofidagi maydonlar hududlar kesimida taqsimlanib, milliy urf-odatlar, anʼana va qadriyatlarni aks ettiruvchi ssenariy va dasturlar loyihalari ustida ish olib borilmoqda. Sahna dekoratsiyasi, maydonni obodonlashtirish ustidagi ishlar qizgʻin tus olgan. Forumga tayyorgarlik jarayonida mingga yaqin kishi ishtirok etmoqda. 

Anjumanning ochilish marosimi badiiy dasturida rejissyor B.Yoʻldoshev tavsiyasiga koʻra Buxoro, Xorazm va Toshkent-Fargʻona maqom yoʻnalishlari boʻyicha viloyatlar maqom ansambllarining chiqishlari – musiqiy kompozitsiyalar rejalashtirilyapdi. Shuningdek, Shahrisabz yosh maqomchilarining ijrolari va Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli tomonidan “Shashmaqom”ning dunyoda eʼtirof etilgan 6 ta shoʻʼba – tarmogʻi: “Buzruk”, “Rost”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh”, “Iroq” maqom namunalaridan kompozitsiyalar namoyish etilishi koʻzda tutilgan.

7cc0d7af-7882-40d1-afa0-4f3c46edee4f.jpg

Eslatib oʻtamiz, yurtimizda ilk bora tashkil etilayotgan mazkur xalqaro forum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda 2018-yil 6-apreldagi “Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan joriy yilning 6-10-sentabr kunlari oʻtkaziladi.

OʻzA
2 035