O‘zA O`zbek

26.08.2018 13:07 Chop etish versiyasi

Buyurtma bajarildi, ammo kechikib...

Buyurtma bajarildi, ammo kechikib...
Oʻzbekiston Isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga Navoiy viloyati Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi Goʻzal Egamovamurojaat qilgan. Unda aytilishicha, isteʻmolchi Kattaqoʻrgʻon tumani Vayrot mahallasida joylashgan metall va tunuka buyumlar tayyorlash va taʻmirlash bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Anvar Musayevga xonadonida qurilayotgan issiqxona uchun jihozlar yetkazib va qurib berishni buyurtma qilgan.

Ammo yoz oʻtib ketganiga qaramay, issiqxona ishlari yakuniga yetkazilmagan. Shikoyat viloyat Kattaqoʻrgʻon tumani isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddi xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi. Maʻlum boʻlishicha, tadbirkorda qurilish materiallari vaqtincha yoʻqligi sababli issiqxona qurilishi yakunlanmay qolgan. Murojaatdan soʻng, A.Musayev boshlagan ishini oxiriga yetkazdi – issiqxonani qurib berdi va faoliyatida yoʻl qoʻygan kamchilik uchun G.Egamovadan uzr soʻradi.

G.Berdiyorova, OʻzA
1 829