O‘zA O`zbek

09.07.2018 21:02 Chop etish versiyasi

Buyuk shoir ijodiga bag‘ishlandi

Buyuk shoir ijodiga bag‘ishlandi
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazining Forish tumani filialida ulug‘ qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazma ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan kitobxonlar konferensiyasida Abay adabiy merosini o‘rganish qozoq va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Bunda Prezidentimizning 2017 yil 13 martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida axborot-resurs markazi tuman filiali va 33-umumta’lim maktabi kutubxonasi bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida “Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodiy faoliyati” mavzuida insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Eng yaxshi insho mualliflari – Dilnoza O‘stemirova, Sevinch Mustafoyeva, Sevara Burhonova, Nigora Zokirova faxriy yorliq bilan taqdirlandi, ularga Abay asarlari taqdim qilindi.

T.Beknazarov, O‘zA
3 413