Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2017 18:33 Chop etish versiyasi

Buxoroda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qarashli yangi majmua foydalanishga topshirildi

Buxoroda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qarashli yangi majmua foydalanishga topshirildi Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Aripov va boshqalar mamlakatimizda turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha samarali tizim yaratilganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi, «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi qonunlari bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Loyiha qiymati 4 milliard so‘m bo‘lgan ushbu yirik majmua bir necha bino va inshootdan iborat. Bu yerda aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi ham bo‘lib, unda fuqarolar, korxona va tashkilotlar rahbarlarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga oid bilimini mustahkamlash, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan. Xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladigan trenajyor zali, stadion zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruvchilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Ularning muvaffaqiyatli harakati nafaqat kasb malakasi, balki yaratilgan sharoitlarga ham bevosita bog‘liq. Majmuada qutqaruv otryadi xizmati uchun ham keng imkoniyatlar mavjud. Xodimlar uchun har biri uch xonali 12 uy ham barpo etilgan. Tadbirda ularga yangi uylarning kaliti topshirildi.

– Uyda barcha zamonaviy qulaylik mavjud, – deydi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Omonov. – Bolalar o‘yin va sport maydonchalari farzandlarimizning jismonan baquvvat ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi. Majmua maktabgacha ta’lim muassasasi va umumta’lim maktabi yaqinida joylashgan.

Majmuada Buxoro shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limining barcha xizmat xonalariga ega binosi ham faoliyat ko‘rsatadi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat), O‘zA
952






Все о погоде - Pogoda.uz