O‘zA O`zbek

02.08.2018 10:50 Chop etish versiyasi

Buxoroda qadimiy ko‘prik qoldiqlari topildi

Buxoroda qadimiy ko‘prik qoldiqlari topildi

Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan “Xo‘ja Niyoz Xorazmiy” maqbarasi oldidan oqib o‘tuvchi zovurda qurilish ishlari olib borilayotgan paytda suv ostidan X asrga taalluqli “Laq-Laqa” ko‘prigi topilgan. Ushbu ko‘prikni tadqiq qilish uchun mutaxassislar chaqirilib o‘rganilganda, ko‘prik X asrda qurilgani va XVI asrda qayta ta’mirlanganligi tasdiqlandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, mazkur hududda tadbirkor Nizom Huseynov tomonidan ekoturistik markaz yaratish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Bu yerda turistlar kelajakda nafaqat qadimiy ko‘prik qoldiqlarini, balki cho‘l hayvonlari bog‘i, qadimiy uy namunasi va milliy hunarmandlik mahsulotlaridan ham bahramand bo‘ladi.

Soha rivoji uchun amalga oshirilayotgan tadbirlar davom etmoqda.

O‘zA
2 908