Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.02.2017 15:28 Chop etish versiyasi

Buxoroda “Namunali ichki ishlar organlari tayanch punkti” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Buxoroda “Namunali ichki ishlar organlari tayanch punkti” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi Buxoroda “Namunali ichki ishlar organlari tayanch punkti” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlashda alohida o‘rin tutgan ichki ishlar organlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Viloyatda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlashda sohaning muhim bo‘g‘ini hisoblangan, bevosita mahalla hududida ish yuritayotgan 199 militsiya tayanch punktining o‘rni katta. Ulardagi profilaktika inspektorlarining o‘z vazifasini samarali amalga oshirishida, fuqarolar yig‘inlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning ilg‘or tajribasini targ‘ib qilish va rag‘batlantirishda “Namunali ichki ishlar organlari tayanch punkti” ko‘rik-tanlovi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tanlov g‘oliblarini aniqlashda militsiya tayanch punktlarining xizmat ko‘rsatish hududidagi vaziyat, profilaktika inspektorlarining mahalla fuqarolar yig‘ini va aholi bilan hamkorligi, bilim va tajribasi, voyaga yetmaganlar bilan ishlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Qorovulbozor tumani Imom Buxoriy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ichki ishlar organlarining 186-tayanch punkti birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

– Hududimizda 4 mingga yaqin aholi yashaydi, – deydi g‘olib punkt profilaktika inspektori, katta leytenant Nodirbek Valiyev. – Mahalla fuqarolar yig‘ini bilan bir binoda ish olib borayotganimiz el osoyishtaligini ta’minlashda qo‘l kelayotir. Hududdagi muammolar jamoatchilik ko‘magida o‘z vaqtida hal etilmoqda. Hududimizda aholi bandligi masalasi to‘la yechim topgan. Uy bekalarining aksariyati Buxoro neftni qayta ishlash zavodining kasanachilik markazi bilan hamkorlik qiladi. Yoshlarimiz mazkur korxonaning sport-sog‘lomlashtirish markazi, madaniyat saroyida shug‘ullanmoqda. O‘tgan yili hududimizda birorta ham jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilmadi.

Tanlovda Olot tumani “Jayxunobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichki ishlar organlarining 176-tayanch punkti, Shofirkon tumani “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 127-tayanch punktiga ikkinchi va uchinchi o‘rinlar nasib etdi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat), O‘zA
2 339






Все о погоде - Pogoda.uz