O‘zA O`zbek

28.04.2020 Chop etish versiyasi

Buxoroda 9 nafar bemor sogʻayib, viloyatda jami tuzalganlar 289 nafarga yetdi

Buxoroda 9 nafar bemor sogʻayib, viloyatda jami tuzalganlar 289 nafarga yetdi
Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 9 nafar bemor toʻliq sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25-mart kuni Rossiyadancharter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 8 nafari erkak, 1 nafari ayol. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Toshkent, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 19 yosh.

Buxoro viloyati boʻyicha shu paytga qadar 280 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 289 nafarga yetdi. Yurtimizda bemorlarning sogʻayib chiqishi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich hozircha Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 909 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

778