Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.07.2018 11:27 Chop etish versiyasi

Buxoroda 3 322 567 mln. so‘mlik loyihalar amalga oshirish orqali 11 683 ta ish o‘rni yaratiladi

Buxoroda 3 322 567 mln. so‘mlik loyihalar amalga oshirish orqali 11 683 ta ish o‘rni yaratiladi
2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2018-2019-yillarda to‘qimachilik, charm-poyabzali, oziq-ovqat, farmatsevtika, mebel va qog‘oz, mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa sohalarda umumiy qiymati 3 322 567 mln. so‘mlik loyihalar amalga oshirish orqali 11 683 ta ish o‘rni yaratiladi.

Masalan, viloyatda zamonaviy mototsikl, velosiped, skuter va nogironlar aravachasi ishlab chiqarishni tashkil etish, bu orqali 100 nafarga yaqin shaxcni ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

O‘zA
2 084