O‘zA O`zbek

28.04.2020 Chop etish versiyasi

Buxoro viloyatida 2020-yil 27-aprel kuni boʻlib oʻtgan kuchli shamol va yogʻingarchiliklar oqibatida vujudga kelgan talofotlar toʻgʻrisida tezkor maʼlumot

Buxoro viloyatida 2020-yil 27-aprel kuni boʻlib oʻtgan kuchli shamol va yogʻingarchiliklar oqibatida vujudga kelgan talofotlar toʻgʻrisida tezkor maʼlumot

Buxoro viloyati hududida joriy yilning 27-aprel kuni soat 20:00 dan 22:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida juda kuchli shamol va yogʻingarchilik oqibatida yetkazilgan talofotlarni aniqlash boʻyicha tegishli soha mutaxassislaridan iborat tezkor viloyat shtabi tashkil etildi.

Shtab guruhi tomonidan taqdim qilingan dastlabki tezkor maʼlumotlarga koʻra 28-aprel soat 06:00 ga qadar viloyatda mavjud ijtimoiy soha, koʻp qavatli uy-joy fondi, yakka tartibdagi aholi xonadonlari, noturar joy binolari hamda madaniy meros obyektlarida bir qator talofotlar yetkazilganligi aniqlangan.

Viloyat boʻyicha jami 5293 ta obyektlarning 378238 kv.metr tom qismida shifer qoplamalari, 1630 kv.metr bino va devorlari, 15415 dona eshik va derazalariga talofot yetkazilgan. Jumladan, 12 ta sogʻliqni saqlash obyektlarida 7260 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 320 kv.metr bino va devorlari, 190 dona eshik va derazalariga,

52 ta umumtaʼlim maktablarining 10400 kv.metr tom qismining shifer qoplamasi, 92 dona eshik va romlariga,

43 ta maktabgacha taʼlim obyektlarining 2647 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari 38 dona eshik va deraza romlariga,

63 ta koʻp qavatli uy-joylarning 18378 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari 15 dona eshik va dereza romlariga,

4800 ta yakka tartibdagi aholi uy-joylarining 336 000 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari 14 400 dona eshik va dereza romlariga,

220 ta noturar obyektlar (savdo doʻkonlari, maʼmuriy binolar v.h.k)ning 15 400 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari va 660 dona eshik va dereza romlariga,

3 ta madaniy meros obyektlarining 420 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari, 1200 kv.metr bino va devorlari, 20 dona eshik va deraza romlariga,

11 ta sport obyektlarining 2419 kv.metr tom qismining shifer qoplamalari 291 ta eshik va derazalarga talofotlar yetganligi aniqlangan.

Bundan tashqari 82 holatda tabiiy gaz taʼminotida, 120 holatda elektr energiyasi taʼminotida uzilish va avariya holatlari qayd qilingan. 450 dona elektr temir beton tayanchlari yiqilgan boʻlsa, uzilib yerga tushgan simlarning uzunligi 51 kmni, ishdan chiqqan transformatorlar soni 25 tani tashkil etmokda.

Kuchli shamol va yogʻingarchilik oqibatida viloyat boʻyicha 42 400 dona yirik daraxtlar sinishi va qulashi qayd qilingan. Binolar ostida va daraxtlar ostida qoʻyilgan yuridik va jismoniy shaxslarning 415 ta avtotransportlariga jiddiy ziyon yetgan.

Sogʻliqni saqlash boshqarmasining bergan maʼlumotiga koʻra jami 41 nafar fuqarolarga shundan, 32 nafar yengil, 7 nafar oʻrta va 1 nafar fuqarolarga ogʻir tan jarohatlari yetgan. Shuningdek, 1 ta holatda oʻlim qayd etilgan. Yengil va ogʻir tan jarohati yetgan 8 nafar fuqarolar tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 32 nafariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib uyga javob berilgan.

Mazkur talofotlar oqibatlarini bartaraf etishda viloyat favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimi (FVDqT) xizmatlarining jami 635 nafar xodimlari hamda 114 ta maxsus texnikalari jalb qilingan.

1 932
Zarif Komilov, UzA