O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

Buxoro shahri koʻchalariga maxsus eritmalar yordamida ishlov berilmoqda

Buxoro shahri koʻchalariga maxsus eritmalar yordamida ishlov berilmoqda

Dunyoni tashvishlantirayotgan koronavirus muammosi Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi. Virusning tarqalmasligini oldini olish, insonlar orasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish, ozodalikka, gigiyenik holatga alohida eʼtibor qaratish maqsadida Buxoro shahrining koʻchalarida ham transport vositalarining harakatlanishi cheklanmoqda.

Shahar obodonlashtirish boshqarmasi hamda shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi boʻlimi mutaxassislari tomonidan karantin tadbirlari doirasida markaziy koʻchalar, maydonlar va shifoxonalar atrofiga maxsus eritmalar yordamida ishlov berilmoqda.

Buxoro viloyati IIB maxsus texnikalari Buxoro shahri hududida dezinfeksiya ishlariga safarbar etilgan.

773
Zarif Komilov, OʻzA