Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.07.2018 22:02 Chop etish versiyasi

Buxoro amiri Said Abdulahadxon fransuz fotografiga toza qonli qorabayir otini tortiq qilgan edi

Buxoro amiri Said Abdulahadxon fransuz fotografiga  toza qonli qorabayir otini tortiq qilgan edi
O‘zbek yilqichiligi tarixini tadqiq qilish chog‘ida ajoyib fakt va voqealarga duch keldik. Shulardan biri fransuz sayyohi, mashhur fotograf Pol Nadarning XIX asr oxirlarida Toshkentga sayohati fotoesdaliklaridir.

Qadim qorabayirlar haqida so‘z ketganda, afsuslar bilan ta’kidlash kerak, bo‘y-basti, fe’l-atvori va boshqa xususiyatlarini xalq og‘zaki ijodi namunalaridano‘rganamiz. Mavjud arxeologik topildiqlar yoki boshqa turdagi dalillar qorabayir otiga daxli yo‘q xalqlar tomonidan bitilgan. Shuning uchun yilqining tarixiy zotiga mansub mazkur otlar to‘g‘risidagi ko‘hna manbalar bir butun emas.Shu bois, ularning o‘tmishini, ming yillar ortidagi seleksiya ishlarini to‘kis his qila olmaymiz.Bunda o‘ziga xos sabablar bor. Birinchidan, ajdodlarimiz ulkan muhorabalar taqdirini hal qilgan arg‘umoqlar seleksiyasini birovga aytmagan. Ikkinchidan, sirini yozishni qat’iy man qilgan. Natijada o‘rta asrlarda hukmdor ajdodlarimizning yilqichilari “elboshi” deyilib, tojdordan keyingi odam hisoblangan...

Pol Nadarning “Toshkent sayohati” fotoqaydlariga kelsak, ushbu rasmlar qorabayir otlarining 128 yil ilgarigijussasini his qilishimizda, yilqichilar tilida aytganda “toza qonli qad-qomati” ni ko‘z oldimizga keltirishimizda yordam beradi. Sal kam bir yarim asr burun qorabayirlarimiz qanaqa ko‘rinishda bo‘lganligini isbotlaydi.

Negaki, yilqichilik saytlarini kuzatayotib, qorabayirlarga juda past baho berilganiyu qandaydir qoni buzilgan, qomati kelishmagan otlar rasmi qo‘yilganiga guvoh bo‘ldik.

Darvoqe, Nadar Parijdan 1890-yilning 18-avgustida yo‘lga tushib, Sharqiy ekspressda Istanbulga yetib keladi. Kavkazni Tibilisi va Boku orqali kesib o‘tib, (o‘sha paytlardagi Xiva xonligi hududi) hozirgi Turkmaniston yo‘li bilan O‘zbekiston hududiga o‘tadi. Ikki oy davomida avval poyezdda, so‘ng otda yo‘l yuradi. Safar chog‘ida tarixiy obidalar, tog‘lar, daryolar, bozorlar va ko‘chmanchilar hayot tarzini obyektiviga muhrlaydi. Qizig‘i shundaki, Nadar tasvirga olgan ko‘plab imoratlar – masjid, madrasa va boshqa obidalar o‘sha paytlar buzib vayron qilingan edi. Hozirgi kunda aksariyati ta’mirlanib, go‘zal qadamjolarga aylantirilgan. Shu jihatdan uning suratlari XIX asr manzaralari bo‘yicha tarixiy “hujjat” vazifasini o‘taydi.

Deylik, Buxoroga tashrifida Said Abdulahadxon bilan uchrashib, amirning portretini oladi. Amir minnatdorchilik tariqasida toza qonli qorabayir otini tortiq qiladi.

Yo‘l-yo‘lakay Buxoro atroflaridagi ko‘pkaridan syujet tayyorlaydi.

Nadar suratlari orasida ko‘plab ot rasmlari bor. Asosan qorabayir zotli yilqilar aks etgan. Masalan, Chorjo‘y begi minib turgan ot yoki rus generali Annenkevning oti shular jumlasidan.

Eslatma: Pol Nadar 1856-yil mashhur fransuz fotografi Gaspar-Feliks Turnashon oilasida dunyoga kelgan. XX asrning buyukshoir, yozuvchi, aktyor va siyosatchilari portretlaridan iborat fotogalareya yaratgan. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Butunjahon ko‘rgazmasi” da ishtirok etish maqsadida 1890-yil Turkiya va Turkistonga uzoq safar qilgan.

Sayohati davomida olgan suratlari jahon fotografiyasi tarixidagi dastlabki “yirik hisobot”dir.

                                                         Karvonsaroydagi otxona 1890-yil

64116c31-98fa-4932-8cf9-1e4da7ed40e6.jpg

Ko‘pkari 1890-yil

da445d6a-efc6-459c-9385-f0cf5f992de5.jpg

Annenkovning karabair oti 1890-yil

188e40ab-e7f0-44f4-9bc9-5330a26584d0.jpg

Buxoro amirligi jangchisi 1890-yil

24690cf4-ebbc-4627-8294-31c399c8f970.jpg

Qushchi 1890-yil

24690cf4-ebbc-4627-8294-31c399c8f970.jpg

Rus generali Annenkovning qorabayir oti 1890-yil

c5d8b087-f69b-4be9-a041-7e93cb93dd02.jpg

Pol Nadar Sayid Abdulahadxon tortiq qilgan ot ustida 1890-yil

c5d8b087-f69b-4be9-a041-7e93cb93dd02.jpg

Chorjo‘y begi 1890-yil

c5d8b087-f69b-4be9-a041-7e93cb93dd02.jpg


PS: Material O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti doirasida tayyorlandi.

Anvar Suyunov,
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti
federatsiyasi Matbuot kotibi

3 028