Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.11.2017 16:53 Chop etish versiyasi

Bunyodkorlik ishlari avjida

Bunyodkorlik ishlari avjida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil iyul oyida Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyat markazining Uychi ko‘chasida olib borilayotgan qayta qurish ishlarining borishi bilan tanishib, zarur ko‘rsatmalar bergan edi.

8.jpg

Ayni paytda bu yerda tegishli loyihaning birinchi bosqichi doirasida 17 ta ko‘p qavatli turarjoy binosi va 10 dan ziyod infratuzilma obyektini qurish ishlari jadal olib borilmoqda.

6.jpg

5.jpg

Bunyodkorlik ishlarida “Globus qurilish-montaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchi-xizmatchilari ham faol ishtirok etayotir. Zokirjon Alimov rahbarlik qilayotgan jamoa a’zolari ko‘p qavatli uylardan birini barpo etmoqda. To‘rt qavatli, 36 xonadonga mo‘ljallangan binoning birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat shoxobchalari joylashadi. Korxona ish boshqaruvchisi Orifjon Usmonovning aytishicha, zamonaviy qiyofada qad rostlaydigan mazkur obyekt kelasi yil avgust oyida, Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
1 879






Все о погоде - Pogoda.uz