O‘zA O`zbek

04.08.2018 15:19 Chop etish versiyasi

Bulung‘urda sayyor qabul

Bulung‘urda sayyor qabul
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov 4-avgust kuni Bulung‘ur tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Kildon qishlog‘ida o‘tkazilgan qabulda viloyatdagi mutasaddi idoralar rahbarlari ham qatnashdi.

Viloyat hokimi har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, o‘rtaga tashlangan masalalarni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi. Mutasaddi rahbarlarga muddati belgilangan holda qat’iy vazifa va topshiriqlar berildi.

3e7ef223-26b0-4675-bdff-22b56a5315e1.jpg

– Onam nogironligi tufayli “Mehribonlik uyi”da katta bo‘lganman, – deydi “Xo‘jabachcha” mahallasida yashovchi Quvondiq Safarov. – Uy-joy qurishga imkoniyatim yetmayapti, onamga ham nafaqa tayinlanmagan. Shu masalalarda yordam so‘radim. Viloyat hokimi shu yerning o‘zida tegishli o‘rinbosariga masalalarni ijobiy hal qilishni topshirdi.

e3e7edb4-fd67-43fa-be4a-036ec37f8013.jpg

Qabul davomida aholi tomonidan qishloqlarda maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash singari 246 ta masala yuzasidan murojaatlar tushdi.

39a0a17c-7dfd-4d3d-968c-cef442a5adf7.jpg

Sayyor qabuldan so‘ng viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari mahallalarga borib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

G‘.Hasanov, O‘zA
4 317