O‘zA O`zbek

01.08.2018 10:57 Chop etish versiyasi

Bugundan bir qator tashkilotlar tugatildi

Bugundan bir qator tashkilotlar tugatildi 2018 yil 1 avgustdan bir qator tashkilotlar o‘z faoliyatini to‘xtadi

Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.

Ular quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi;

Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi;

Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi;

“O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi;

“O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi;

“O‘zstandart” agentligining “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash «Sifat” markazi» davlat korxonasi.

O‘zA
3 203