O‘zA O`zbek

04.02.2018 07:00 Chop etish versiyasi

Bugun

Bugun
4-fevral, yakshanba, 2018-yilning o‘ttiz beshinchi kuni

Voqealar:

960-yil. Tay-szu Xitoy imperatori bo‘lib, Sun sulolasiga asos soldi.
1719-yil. Pyotr I aholini ro‘yxatga olish haqidagi farmonga imzo chekdi.
1755-yil. Imperator Yelizaveta Petrovna Moskva universitetini tashkil etishga farmon berdi..
1789-yil. Saylovchilar Jorj Vashingtonni AQShning birinchi prezidenti etib sayladi.
1820-yil. Chili mustaqilligi uchun urush boshlandi.
1824-yil. Ixtirochi va tadbirkor Gudrich ommaga rezin kalishni taqdim etdi.
1858-yil. German Goldshmidt asteroid 52 Yevropani kashf etdi.
1921-yil. Polshaning oliy mukofoti Oq burgut ordeni qayta tiklandi.
1931-yil. Rossiyaning birinchi shamol energiyasi zavodi qurildi.
1932-yil. Leyk-Plesidda III qishki Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
1944-yil. Amerika olimlari Dezoksiribonuklein kislota (DNK) ning tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o‘tkazish vazifasini bajarishini isbotlashdi.
1972-yil. Shri Lanka mustaqilligi kuni
1976-yil. Insbrukda XII qishki Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
1978-yil. Junius Richard Jayavardene Shri-Lanka prezidenti bo‘ldi.
1980-yil. Abulhasan Banisadr Eron prezidenti bo‘ldi.
1994 yil. Toshkentda kompyuter aloqasi tarmog‘i tashkil etilgan kun .
1998-yil. O‘zbekistonda “Ustoz” respublika jamg‘armasi tuzilgan kun.
2003-yil. Toshkent shahar ramzi gerbi tasviri qisman o‘zgartirildi
2004-yil. Facebook ishga tushdi.

Tug‘ilganlar:

1688-yil. Per Marivo, fransuz dramaturgi.
1746-yil. Tadeush Kostyushko, Polshaning milliy qahramoni.
1799-yil. Juan Batista de Almeyda Garret, portugaliyalik shoir, dramaturg, yozuvchi va siyosatchi.
1808-yil. Yozef Kaetan Til, chex dramaturgi, shoir, Chexiya gimnidagi so‘zlar muallifi.
1875-yil. Lyudvig Prandtl, nemis olimi, aerodinamika asoschilaridan biri.
1903-yil. Simo Bayich, Yugoslaviya xalq qahramoni.
1906-yil. Klayd Uilyam Tombo, amerikalik astronom, Pluton sayyorasini aniqlagan.
1934-yil. To‘ra Sulaymon, O‘zbekiston xalq shoiri.
1945-yil. Polad Byul-Byul o‘g‘li, ozarbayjon qo‘shiqchisi, bastakor, Ozarbayjon xalq artisti.

O‘zA
8 688