Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.02.2018 07:00 Chop etish versiyasi

Bugun

3-fevral, shanba, 2018-yilning o‘ttiz to‘rtinchi kuni.

Yaponiyada qadimiy va qiziqarli Setsubun bayrami, Taylandda esa gullar festivali o‘tkaziladi.



Voqealar:

1014-yil. Xarald Svenson Daniya qiroli bo‘ldi.
1451-yil. Mexmed II Fatix ikkinchi marta Usmoniylar imperiyasining sultoni bo‘ldi.
1637-yil. Gollandiyada lolamaniya. Lola sotuvchilari soni xaridorlar sonidan ko‘p bo‘lgani bois vahima boshlandi.
1783-yil. AQSh mustaqilligi uchun urush boshlandi.
1870-yil. AQSh konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritildi.
1934-yil. Kembrijda Pyotr Kapitsaning olamshumul laboratoriyasi ochilgan kun. U tarixda birinchi bo‘lib geliyni suyuq holda olishga muvaffaq bo‘ldi.
1950-yil. Polshada tibbiyot universitetiga asos solindi.
1969-yil. Yasir Arafat Falastin milliy kongressida Falastin ozodlik tashkilotiga rahbar etib saylandi.
1972-yil. Sapporoda XI qishki Olimpiya o‘yinlari ochildi.
1994-yil. Polshada «Nysa» markali avtomobilllar ishlab chiqarish to‘xtatildi.
2000-yil. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.

Tug‘ilganlar:

1338-yil. Janna de Burbon, Fransiya qirolichasi, Karl V ning rafiqasi.
1394-yil. Genri Persi, ingliz aslzodasi, qizil va oq atirgul urushida qo‘mondon.
1702-yil. Mixael Adelbulner, nemis matematik, fizik va astronomi.
1786-yil. Vilgelm Gezenius, nemis sharqshunosi, Bibliyani o‘rgangan olim.
1795-yil. Antonio Xose de Sukre, ispaniyaning mustaqilligi uchun kurashgan yo‘lboshchi. Boliviyaning birinchi prezidenti. (1826―1828).
1808-yil. Mariya Saksen-Veymar-Eyzenaxskaya, malika, imperator Pavel Ining nabirasi.
1809-yil. Feliks Mendelson, nemis bastakori.
1815-yil. Edvard Djeyms Roy, Liberiyaning beshinchi prezidenti.
1821-yil. Elizabet Blekuell, AQShda ayollar orasida birinchi bo‘lib tibbiy ma’lumot oldi.
1845-yil.Ernst fon Vildenbrux, nemis yozuvchisi, huquqshunos va diplomat.
1854-yil. Sergey Korsakov, psixiatr, Moskva psixiatriya maktabi asoschisi.
1948-yil. Tog‘ay Murod, iste’dodli o‘zbek yozuvchisi.

O‘zA
4 491