06.01.2018 11:43 Chop etish versiyasi
Bugun yana 12 post olib tashlandi
O‘zbekistonda yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyatini tugatish hamda sonini qisqartirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.Shu kungacha 54 yo‘l-patrul xizmati maskani va blok postning faoliyati tugatilgan bo‘lsa, bugun ularning soni yana 12 taga qisqardi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, shu kunga qadar avtomobil yo‘llarida joylashgan jami 66 ta, jumladan, 23 ta muntazam yo‘l-patrul xizmati maskani, 19 ta blok post va 24 ta to‘siq posti olib tashlandi.
Norgul Abduraimova, O‘zA
7 238