O‘zA O`zbek

13.08.2020 Chop etish versiyasi

Bugun tugʻilgan kun

Bugun tugʻilgan kun

13-avgust

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Xamrayev 1964-yil 13-avgustda Buxoro viloyati Buxoro shahrida tavallud topgan.

U 1986-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2001-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Muhandis-gidrotexnik, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi.

Shavkat Xamrayev mehnat faoliyatini 1986-yil Buxoro viloyati Qorovulbozor massivi Suv xoʻjaligi boshqarmasi katta muhandis-gidrotexnigi, bosh muhandisi lavozimidan boshlagan.

Shavkat Xamrayev 2018-yil 12-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlangunga qadar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatgan.

Shavkat Hamroyev 2011-yil “Doʻstlik” ordeni, 2016-yil “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator” unvoni, 2017-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator” unvoni bilan mukofotlangan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari berib boriladi.

Mazkur ruknga endi Siz ham toʻlov asosida oʻz yaqinlaringizning tugʻilgan kunlarini joylashtirish imkoniyatiga egasiz.

Telegram: @UzA_pochta, @ Ikrom_Avvalboyev

E-mail: uzauz@yandex.ru

Telefon: 71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!

1 288
OʻzA