O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun

23 oktabr 

O‘zbekiston xalq artisti Sur’at Po‘latov 1931 yil 23 oktabrda Toshkentda tavallud topgan. 

U 1952 yil Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlab, dastlab Qashqadaryo teatrida aktyor, keyinchalik bosh rejissyor bo‘lib ishlagan. 1956 yili Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatriga aktyor bo‘lib keldi va umrining oxirigacha shu teatrda faoliyat yuritadi.

U “Tohir va Zuhra”da Qodir, “Farg‘ona hikoyasi”da Aziz, “Ravshan va Zulxumor”da Ravshan, “Vatan ishqi”da Olimjon, “Nodira”da Razzoq kabi yetakchi rollarni ijro etib, san’at muxlislarining ko‘nglidan joy olgan. 

Muxlislar Sur’at Po‘latovning O‘zbekiston radiosidagi mashhur “Tabassum” ustaxonasida hamda filmlar dublyajidagi doimiy qatnashlarini yaxshi eslaydi. 

El sevgan san’atkor Sur’at Po‘latov 2005 yili vafot etgan. 

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi. 

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37 
Saytimizni kuzatib boring!

447
O‘zA