O‘zA O`zbek

17.12.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun

17 dekabr (xotira)

O‘zbekiston xalq artisti Hamza Umarov 1925 yil 17 dekabrda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tavallud topgan.

U 1948 yil Toshkent kinostudiyasi qoshidagi aktyorlik maktabini, 1951 yil Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini (hozirga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) tugatgan. Hamza Umarov 1950 yil Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida aktyor sifatida mehnat faoliyatini boshlaydi.

Teatrda u yaratgan, tomoshabinning qalbidan joy olgan ko‘plab obrazlar aktyorning ijodiy izlanishlari mahsulidir. H.Umarov ko‘p qirrali va mahsuldor san’atkordir. U faqat obraz yaratish bilan chegaralanib qolmay, “Bag‘ri tosh“, “Qaynona“, “Ishqing bilan“ kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Shuningdek, filmlarni dublyaj qilishda ham faol qatnashib, mingga yaqin qahramonlarga ovoz bergan.

Hamza Umarov 1987 yil Toshkentda olamdan o‘tdi.

* * *

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi. 

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telegram: @UzA_pochta 
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru 
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37 

Saytimizni kuzatib boring!

1 275
O‘zA