O‘zA O`zbek

04.07.2020 Chop etish versiyasi

Bugun tugʻilgan kun

Bugun tugʻilgan kun

4-iyul

Oliy Majlis Senati aʼzosi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi, davlat va jamoat arbobi, siyosatshunos Qudratilla Rafiqov 1947-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Qudratilla Rafiqov mehnat faoliyati davomida masʼul vazifalarda ishlab kelmoqda. Xususan, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Uchtepa (sobiq Akmal Ikromov) hamda Olmazor (sobiq Sobir Rahimov) tumanlari hokimi boʻlib ishlagan. Oʻsha kezlarda endigina ozodlikka erishgan yurtning ogʻriqli muammolarini hal etish borasida koʻplab loyihalarning tashabbuskori, bevosita ijrochisi boʻldi.

Qariyb yigirma yil Jizzax viloyatida turli lavozimlarda mehnat qildi. Bu davrda “Jizzax akkumulyator zavodi” aksiyadorlik jamiyatini katta sanoat obyektiga aylantirdi.

Qudratilla Rafiqov 2017-yil vatanimizning yuksak mukofoti – “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshgan va qoʻshayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!