O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun 8 noyabr

Bugun tug‘ilgan kun 8 noyabr

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov 1963 yil 8 noyabrda Jizzax viloyatida tug‘ilgan.

Texnika fanlari doktori, professor Inom Majidov 1985 yil Toshkent politexnika institutini tamomlagan. U 1985-1992 yillarda ushbu oliy ta’lim muassasasi assistenti, aspiranti, 1992-1993 yillarda esa institut Gidrotexnika inshootlari kafedrasi dotsenti bo‘lgan.

Inom Majidov mehnat faoliyati davomida qator mas’ul vazifalarda ishlagan. Xususan, 2017 yil 20 iyunda ayni paytdagi lavozimiga tasdiqlangunga qadar oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Ungacha esa OO‘MTV oliy ta’lim muassasalari bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

* * *

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!

389
O'zA