O‘zA O`zbek

20.05.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun


AT Xalq banki Boshqaruvi raisi Murodulla Yoqubovich Eshmatov 1969 yil 20 mayda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tavallud topgan.

1991 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlab, mehnat faoliyatini Toshkent Moliya institutida boshlagan. 1995-2016 yillar davomida ishni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davom ettirib, ushbu tashkilotda yetakchi nozirlikdan Rais o‘rinbosari lavozimigacha samarali faoliyat yuritgan. 

2016-2019 yillar davomida esa Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida samarali mehnat qilgan. 

2019 yil 4 apreldan respublikamizdagi eng yirik tijorat banki – AT Xalq banki Boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelmoqda. 

* * * 

P/S: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi. 

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 


Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37 

Saytimizni kuzatib boring!


2 089
O‘zA