O‘zA O`zbek

17.08.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tugʻilgan kun

Bugun tugʻilgan kun

17-avgust

Oʻzbekiston xalq shoiri, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi Toʻlan Nizom 1938-yil 17-avgustda Andijon viloyati Boʻz tumanida tavallud topgan.

Toʻlan Nizom Andijon davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini oʻqituvchilikdan boshlagan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimi masʼul kotibi, pedagogika bilim yurti direktori vazifalarida ishlagan.

Ijodkorning ilk sheʼriy toʻplami – “Sening ertaklaring” 1970-yilda nashr etildi. “Iftixor”, “Quyosh yoʻli”, “Andijonda bir qush bor”, “Oyqizlar”, “Sheʼr aytgim kelyapti, onajon”, “Choʻlpon”, “Humo”, “Intizorlik”, “Aks sado”, “Chaman ichra” “Muqaddas ruh” kabi sheʼriy majmualari, “Majnuntol yigʻisi”, “Choʻlpon”, “Girya”, “Ruhi ravonim”, “Bobur”, “Botmay qolgan oy” kabi dostonlari eʼlon qilingan.

Istiqlol yillarida shoir samarali ijod qildi. Qisqa davr ichida oʻttizga yaqin doston yaratdi. Bu dostonlar bir qator adabiy nashrlarda hamda shoirning “Vatan haqida qoʻshiq”, “Oq gul” kabi toʻplamlarida eʼlon qilindi. Uch jildlik “Saylanma”si, “Tabibnoma” majmuasi ham muxlislar uchun munosib sovgʻa boʻldi.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: 71) 233-42-84, (71) 233-21-37.

Saytimizni kuzatib boring!

1 100
OʻzA