O‘zA O`zbek

09.08.2018 11:25 Chop etish versiyasi

Bugun radar orqali 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112 ta transport vositasi aniqlandi

Bugun radar orqali 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112 ta transport vositasi aniqlandi

Bu ko‘rsatkich bugun Yunusobod tumanidagi Toshkent avtomobil halqa yo‘lida o‘rnatilgan radar qurilmasi yordamida ro‘yxatga olingan. Mazkur yo‘lda ruxsat etilgan tezlik soatiga 70 kilometrni tashkil etgan.

Toshkent shahar IIBB tomonidan tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qonunan taqiqlanishi haqidagi ogohlantirishlarga qarmay ko‘pchilik haydovchilar hamon yo‘llarda o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirib, harakat xavfsizligi qoidalarini buzib kelmoqda.

Shuningdek, ruxsat yetilgan tezlik soatiga 50 kilometrni tashkil etuvchi belgi o‘rnatilgan Bog‘ishamol ko‘chasida 6 soat ichida 134 ta transport vositasi tezlikni me’yordan oshirib harakatlangan. Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibga binoan haydovchilarga pochta orqali yuboriladi.

O‘zA
3 650