O‘zA O`zbek

16.04.2019 09:35 Chop etish versiyasi

Bugun qanday kun?

Bugun qanday kun?

16 aprel sanasida “Xalqaro inson ovozi kuni” keng nishonlanadi. 

Inson ovozi fenomeni ahamiyati ifodasi tariqasida 1990 yilda Amerikaning otolaringologiya akademiyasi tashabbusi bilan ushbu sana tarixga xalqaro bayram sifatida muhrlangan. 

Sana insonlarga ovoz fenomeni bir ne’mat ekanligini yodga solish maqsadida yil taqvimida alohida kun sifatida qayd etilgan. 

Shuningdek, ushbu sanada Armanistonda “Politsiya xodimlari kuni”, Chechinistonda “Tinchlik kuni”, Bolgariyada “Birinchi konstitutsiya kuni”, Daniyada “Qirolicha Margrete tug‘ilgan kuni”, AQShda “Vatanparvarlar kuni” keng nishonlanadi. 

O‘zA
487