O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

Bugun Oʻzbekistonda 46 nafar inson koronavirusga chalindi

Bugun Oʻzbekistonda 46 nafar inson koronavirusga chalindi

2020-yil 22-may soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3036 (+8) nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan boʻlib, infeksiya yuqtirgan yana 1 nafar fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Kasalligi qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda boʻlgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qatʼiy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sogʻaydi. Hozirda mamlakatimizda davolanish koʻrsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

1 203
OʻzA