Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 13:54 Chop etish versiyasi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi ishtirokida onlayn muloqot o‘tkaziladi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi ishtirokida onlayn muloqot o‘tkaziladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev fuqarolarni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi.

Uchrashuv bugun, 6 fevral kuni soat 19.00 da Toshkent shahridagi Yoshlar press-klubida tashkil etiladi, deya xabar qildi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi.

Muloqotda qatnashish erkin.

Muloqotda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining bugungi holati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyati, istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot beriladi.

Jonli muloqotni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining feysbukdagi rasmiy sahifasida onlayn kuzatib borish, shuningdek, savollar, murojaatlar va takliflarni yo‘llash mumkin.

O‘zA
11 985