Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.01.2018 06:59 Chop etish versiyasi

Bugun

9-yanvar, seshanba, 2018-yilning to‘qqizinchi kuni

Voqealar:

1792-yil. Tinchlik kelishuvi tuzilib, rus-turk urushiga barham berildi.
1811-yil. Tarixda birinchi bor golf bo‘yicha ayollar terma jamoasi turniri bo‘lib o‘tdi.
1923-yil. Xuan de la Siyerva o‘zi ixtiro qilgan uchuvchi apparatda birinchi parvozni amalga oshirdi.
1951-yil. Nyu-Yorkda BMT Shtab-kvartirasi ochildi.


1967-yil. Jizzax viloyatining Mirzacho‘l va Paxtakor tumanlari tashkil etildi.
1992-yil. Serbiya Respublikasi tashkil etildi.
1996-yil. O‘zbekistonda ma’lumotlarni uzatish respublika komputer tarmog‘i “UzPAK” foydalanishga topshirildi.
2017-yil. O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

Tug‘ilganlar:

1554-yil. Grigoriy XV, Rim papasi.
1851-yil. Luis Koloma, ispan yozuvchisi.
1878-yil. Djon Brodes Uotson, amerikalik psixolog.
1900-yil. Vasiliy Grabin, konstruktor, artilleriya va zirhli texnikalar muallifi.
1908-yil. Simona de Bovuar, fransuz adibasi, faylasuf.
1913-yil. Richard Nikson, AQShning 37-prezidenti.
1944-yil. Nasrullo Sohibnazarov, yog‘och o‘ymakori, O‘zbekiston xalq ustasi
1947-yil. Azimboy Sa’dullaev, matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi.
1955-yil. K.Simmons, amerikalik kinoaktyor, “Oskar”, “Oltin globus” mukofotlari sovrindori.
1982-yil. Ketrin, Kembrij gersoginyasi, shahzoda Uilyamning rafiqasi.

O‘zA
7 900