Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.05.2018 13:02 Chop etish versiyasi

Bu yil uzumning narxi qimmatlashadimi?

Bu yil uzumning narxi qimmatlashadimi? Yaqinda havo ham birdaniga sovidi, qolaversa janubiy hududlarda qurg‘oqchilik kuzatilyapti. Bu uzumchilik tarmog‘ida ta’sir etmaydimi? “O‘zsharobsanoat” qishloq xo‘jalik boshqarmas boshlig‘i o‘rinbosari Davron Shukurjonovga shu kabi savollar bilan murojaat etdik.

—Haqiqatda ham bu yil yog‘ingarchilik kam bo‘ldi. Biz vaziyatni o‘rgangan holda bunga qishdan boshlab tayyorgarlik ko‘ra boshlaganmiz. Uzumchilikda, asosan yanvar oyida toklarga yaxob suvi beriladi. Bunda toklar tanasida 3-4 yillik zahirasini yig‘ib oladi. Masalan, Parkent tumanida dehqonlar o‘ziga xos usul qo‘llashadi: tokni ekayotganda handagini bir metr chuqurlikda kovlashadi. Handakni cheti ochiq qoldiriladi. Ariqlardan kelgan suv yordamida namlik yig‘iladi. Bu yil boshqa hududlarga ham bu tavsiya etildi. Qorning suvini ushlab qolish maqsadida tokning yonida to‘siq qilib namgarchilik ushlab qolindi.

— O‘tgan oyda havoning birdan sovib ketgani tokzorlarga ta’sir ko‘rsatmadimi?

— Yo‘q, tokzorlar 13-16 daraja sovuqqacha chidamli o‘simlik hisoblanadi. Gullari hali juda ochilgani yo‘q. Shunga mevasiga ham ta’siri bo‘lmaydi. Bu yil bizning taxminimizcha hosildorlik ancha yuqori bo‘ladi. Chunki, mevaning gullashi judayam yaxshi. Demak, narxlar ham oshmaydi.

— Tokzorlar hududi qanchaga kengayadi?

— Jamiyat tarkibidagi qayta ishlash korxonalari tasarrufida bugungi kunda 4273 gektar texnik navli uzumzorlar mavjud bo‘lib, korxonalar tomonidan 2018-2021 yillar davomida Jizzax viloyati Baxmal, Yangiobod va Zomin tumanlarida 9750 gektar uzumzorlar tashkil etiladi. Shundan 2018 yilda 1255 gektar, 2019 yilda 1345 gektar, 2020 yilda 2700 gektar va 2021 yilda 4450 gektar maydonga yangi texnik navli uzumzorlar barpo etish belgilab olindi.

66d5b4f80818.jpg

Hozir yerosti suvlari manbalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.Har bir tokzorni yaratishdan oldin ilmiy yondashib, tegishli ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqyapmiz.

N. Toshpo‘latova
8 393