O‘zA O`zbek

11.01.2019 19:45 Chop etish versiyasi

Bu bogʻ Prezidentimizning takliflari asosida barpo etildi

Bu bogʻ Prezidentimizning takliflari asosida barpo etildi Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani markazida faoliyat boshlagan “Sayxun” zamonaviy istirohat bogʻida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Istirohat bogʻi markazida turli xalqlar ertak qahramonlari ishtirokida badiiy-musiqiy chiqishlar bolajonlarga olam-olam quvonch bagʻishlamoqda.

– “Sayxun” istirohat bogʻi hamda “Sayxun Planet” savdo markazi Prezidentimizning 2018 yil 13 aprelda viloyatga tashrifi chogʻida bildirgan takliflari asosida barpo etildi, – deydi tuman hokimi Botir Mirzaqulov. – Barcha qulayliklarga ega ushbu savdo kompleksi va istirohat bogʻini tashkil etishda tashabbuskor tadbirkorlar ishtiroki ham keng boʻldi. Bogʻ va savdo markazi foydalanishga topshirilishi bilan 190 dan ziyod kishining doimiy bandligi taʼminlandi. Savdo markazining ikkinchi qavati foydalanishga topshirilgach, yana qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi.

Har ikki loyihaning ishga tushishi orqali aholining sifatli savdo xizmatlaridan foydalanishi hamda boʻsh vaqtida madaniy hordiq chiqarishini tashkil etish yaxshi yoʻlga qoʻyildi.

2.JPG

4.JPG


Abdujalol Qayumov, Furqat Toshmatov (surat), OʻzA
626