O‘zA O`zbek

12.09.2018 20:35 Chop etish versiyasi

Briket ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

 Briket ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi Qoraqalpogʻiston Respublikasining Shumanay tumani “Begjap” ovul fuqarolar yigʻini hududida briket ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi.

Maʼlumotlarga koʻra, Qoraqalpogʻistonda briketga boʻlgan talab yiliga 41 ming tonnani tashkil qiladi. Bu yangi korxona – yiliga 20 ming tonna briket ishlab chiqarish quvvatiga ega “BriketShomanay”masʼuliyati cheklangan jamiyati nechogʻli ahamiyatli ekanini koʻrsatadi.

– Korxonamiz Qanlikoʻl, Shumanay, Xoʻjayli tumanlarining briketga boʻlgan talabini toʻliq qanoatlantiradi, – deydi “Briket Shomanay” MCHJ rahbari Azamat Ablezov. – Briket sanoatidagi asosiy xomashyo – koʻmirning VR1, VR2 qumlari Angrendan keltiriladi. Tijorat banki tomonidan uskunalar uchun 300 million, qurilish ishlariga 630 million, texnika olish uchun esa 520 million soʻm kredit mablagʻi ajratilgani ishimizni qisqa fursatda amalga oshirishga asos boʻldi.

Korxona ish boshlashi bilan 12 kishining doimiy bandligi taʼminlandi.

Yesimxon Qanoatov, OʻzA
1 257