O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

BRIFING: Xalq taʼlimi vazirligi maktablar ochilishini xohlaydi, ammo...

BRIFING: Xalq taʼlimi vazirligi maktablar ochilishini xohlaydi, ammo...

Karantin choralari davom etayotgan hozirgi vaqtda koʻpchilik ota-onalarni “Bu oʻquv yili qay tarzda boshlanadi?”, degan savol oʻylantirayotgani aniq.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova bu savolga oydinlik kiritdi.

– Bugungi kunda Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash vazirliklari va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻquv yilini qay tarzda boshlash ustida oʻrganishlar olib borilayapti, – dedi L. Rustamova. – Xalq taʼlimi vazirligi oʻz vakolatidan kelib chiqib oʻquv yilini boshlash boʻyicha 3 ta ssenariy taklif qilmoqda: 

birinchisi, pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda oʻz faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va oʻquvchilarimiz uchun eng maqbul variant. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, bolalardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini koʻrsatmoqda. 

Ikkinchisi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Oʻzbekistonda bolalarda virus kechishi boʻyicha xulosasi ijobiy boʻlmagan taqdirda taʼlim onlayn tartibda davom ettiriladi. 

Uchinchisi, gibrid ssenariy boʻlib, maktablar ochiladi. Faoliyat maʼlum bir hudud vamaktabdagi karantin holatidan kelib chiqib olib boriladi. Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan havotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn oʻqitishga imkon berilishi koʻzda tutilgan, yaʼni bolaning maktabga borish davomadi erkin boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, bu boradagi yakuniy xulosani Respublika maxsus komissiyasi qabul qiladi.

2 058
Barno Meliqulova, OʻzA